Gulnoraning advokati: Karimova davolanishdan bosh tortyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovani qamoqxonada tibbiy muolaja qilishdan bosh tortishayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda uning shveysariyalik advokati, Jenevadagi Mangeat Attorneys at Law advokatlik idorasi egasi va rahbari Greguar Manja xabar berdi.

Advokat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha post qoldirgan:

Katta tashvish. Eng so‘nggi axborot:

1. Karimova davolanishdan bosh tortyapti;
2. Bizning so‘nggi ziyoratimizdan keyin u qamoqxonaning tibbiy blokidan chiqarilgan;
3. Uni oldiga shifokorlarni kirishiga ruhsat berilmayapti va Gulnora doimiy ruhiy bosim ostida qolmoqda.

Avvalroq, Greguar Manja Twitter'dagi sahifasida Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidagi 21-jazoni o‘tash koloniyasiga borgani va mijozi bilan uchrashishga harakat qilishi haqida xabar qoldirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova 5 mart kuni o‘z uyida hibsga olinib, jazoni o‘tash uchun umumiy tartibli koloniyaga olib ketilgandi.

Karimova jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Greguar Manja

Baholaganlar

353

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing