Adliya vazirligida yana bir boshqarma boshlig‘i o‘zgardi

Jamiyat

image

Adliya vazirligining Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan Dilmurod Abdialimovich Umarov Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Dilmurod Umarov shu kunga qadar vazirlikning Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq, Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgargandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Adliya vazirligi

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing