Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
18 mart 2025 6131 1 daqiqa
Prezidentning tegishli qarori bilan Nu’mon Usmonovich Muhammadiyev Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Nu’mon Muhammadiyev 1982 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
U mehnat faoliyatini 2004 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada yetakchi va bosh maslahatchi bo‘lgan. 2009–2013 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2016–2023 yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shu jumladan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Tayinlovga qadar (2023 yildan) Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev lavozimidan ketgani haqida xabar berilgandi. Meliyevning nima sababdan lavozimidan ozod etilgani noma’lum.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025