Adliya vaziri: “Lyubaya  biznes xarasha” degan korxonalar ro‘yxatga olindi 

Jamiyat

image

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov OAV vakillari va blogerlar bilan uchrashib 2019 yilda vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi. Hukumatning Bosh yuristi biznesni yuritishdagi yutuqlar va erkinliklar haqida ma’lumot berdi. 

“Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha dunyo miqyosida 190 davlat ichidan 8-o‘rinni oldik. O‘zingiz ham ko‘rib turibsizki, xohlagan odam internet orqali “Lyubay biznes xarasha” degan MCHJlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatlar bo‘ldi. Bu yengillik degani, chunki siz firmangizni internet orqalir ro‘yxatdan o‘tkazyapsiz. 

Davlat xizmatlar markazida biz hisobraqamni ham ochib beryapmiz. Bankka ham borish shart emas. Muhr va shtamp talab qilish bekor bo‘ldi. Ustav kapitaliga bo‘lgan talab pasaytirildi. Markazda elektron tizim ishga tushirildi. Har bir kelgan mijozning o‘zi bizga bahoni beryapti”, deydi Adliya vaziri.

Ma’lumot o‘rnida, Jahon bankining “Biznes yuritish 2020” (Doing Business 2020) yillik reytingida O‘zbekiston korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi bo‘yicha 96,2 ball olib global reytingda 8-o‘rinni egalladi.

Adliya vazirining ma’lum qilishicha, vazirlik tomonidan 2013-2017 yillarda, ya’ni 5 yilda 500 ta qonunchilik hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lsa, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha oxirgi 2 yilning o‘zida bu ko‘rsatkich qariyb 500 tani tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

OAV Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

Baholaganlar

192

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing