Adiz Boboyev Samarqandda yangi parklar tashkil qilishni buyurdi (video)

Jamiyat

image

Samarqand viloyati hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Adiz Boboyev viloyat markazida bolalar va keksalar dam olishi uchun parklar yetarli emasligini tanqid qilib, shaharda yangi parklar tashkil qilishni buyurdi. Bu haqda u joriy yilning 29 iyul kuni viloyat hokimligida o‘tgan yig‘ilishda so‘z ochdi.

“Bolalarimiz dam olishi kerak desak bittagina park bor. To‘rtta odam kirsa beshinchisi kira olmaydi. Boshqa joy yo‘q. “Dom”da 50 daraja issiqda 4 ta devorni o‘rtasida o‘tiribdi. Bolalar ko‘chaga chiqa olmaydi, boradigan, kechqurin chiqadigan joyi yo‘q. Shu bilan ta’til o‘tib ketdi. Nuroniy otaxon-onaxonlarimiz ham ko‘chaga – parkka chiqib, toza havoda yurishi kerak-ku. Lekin unaqa joy yo‘q”, deydi Boboyev.

U mas’ullarga Samarqand shahridagi 5 gektardan oshiq joyi bor harbiy gospital o‘rnida 1 sentyabrgacha park qurishni va ishga tushurishni buyurdi.

“1 sentyabrgacha 5 gektardan oshiq joyi bor harbiy gospitalda chiroyli park quriladi. U 1 sentyabrgacha ishga tushishi kerak”, dedi Boboyev.

Shuningdek, 7 gektar yeri bor “Vatanparvar” bog‘i saqlab qolinib, u yerda ham bolalar va kattalar uchun dam oladigan attraksionlar, suv havzalari va boshqa narsalari bor park tashkil qilinadi. Uning ham qurilishi tezlashtiriladi.

Bundan tashqari, muz saroyining orqasidagi 3 gektar yerda va Qorasuv massivida ham shunday park quriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand park Adiz Boboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing