ADM Global, Hyundai Capital va Asakabank O‘zbekistonda avtomoliyalashtirishni rivojlantirishda hamkorlik qiladi

Biznes

image

13 dekabr kuni Toshkent shahrida Hyundai Capital, ADM Global kompaniyalar guruhi va “Asakabank” AJ vakillarining ishbilarmonlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi O‘zbekistonda avtomoliyalashtirish sohasida hamkorlik istiqbollari, tajriba almashish va innovatsion bank mahsulotlarini joriy etish masalalarini muhokama qilish bo‘ldi.

Amaldagi islohotlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib, xalqaro kompaniyalar uchun investitsiyaviy jozibadorligini oshirmoqda. Dunyoning eng yirik moliyaviy institutlaridan biri bo‘lgan Hyundai Capital kompaniyasining tashrif buyurishi va ADM Global hamda mamlakatdagi avtomoliyalashtirish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan “Asakabank” AJ bilan o‘tkazilgan uchrashuvi buni tasdiqlaydi.

Ma’lumot uchun: Hyundai Capital Services – Janubiy Koreyaning moliyaviy xizmatlar, jumladan, avtomoliyalashtirish, xususiy va korporativ moliyalashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchisi hisoblanadi. Hyundai Motor Group moliyaviy bo‘linmasi sifatida kompaniya Koreya, AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy va Germaniya kabi 12 ta mamlakatlarda faoliyat yuritadi.

Uchrashuvda “Hyundai Capital” kompaniyasining Rossiya va MDHdagi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jae Won Lee “Hyundai Capital” kompaniyasi tomonidan avtomoliyalashtirishni soddalashtirish, mijozlar uchun sharoitlarni yaxshilash va barqaror moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga qaratilgan samarali xalqaro yechimlarni taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

O‘z navbatida, O‘zbekistonda Kia, Hyundai Truck & Bus, Chery va Haval rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global vakillari yengil avtomobillar va tijorat texnikasi sotuvini rag‘batlantirish uchun yangi moliyaviy vositalarni joriy etish muhimligini ta’kidladilar.

“Qulay moliyaviy vositalarni rivojlantirish bugungi bozorning shakllangan ehtiyojidir. Avvallari xaridorlar avtomobil uchun to‘liq ravishda o‘z mablag‘laridan to‘lash va uni bir necha oy kutishga tayyor edilar. Bugungi kunda raqobatning faol rivojlanishi munosabati bilan yangi avtomobillarni sotish sohasida mijozga qulay to‘lov sharoitlarini taqdim etish zarur”, dedi ADM Global tijorat direktori Aleksey Kurenkov.

“Asakabank” AJ Hyundai Capital kompaniyasining eng yaxshi amaliyotlarini mahalliy sharoitlarga moslashtirish va avtomobillarni aholi uchun yanada qulaylashtirilgan xarid dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Ishtirokchilarning fikricha, hamkorlik mamlakatning moliyaviy infratuzilmasini mustahkamlaydi.

“Biz 2024 yilning oraliq yakunlari bo‘yicha avtomoliyalashtirish hajmi bo‘yicha yetakchi hisoblanamiz, jamoamizning tajribasi va bankning rivojlangan IT-infratuzilmasi jahon amaliyotidagi eng yaxshi vositalar va moliyalashtirish dasturlarini qo‘llashga to‘liq tayyor ekanimizni ishonch bilan aytish imkonini beradi”, dedi “Asakabank” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bekzod Tangmatov.

Uchrashuv 2025 yil boshida muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishuv bilan yakunlandi. Keyingi bosqichda O‘zbekistonda avtomoliyalashtirishning qulayligi va shaffofligini oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan. Bu esa aholiga yanada qulay shartlarda avtomobil xarid qilish imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing