Abdulaziz Komilov AQSHda Blinken bilan uchrashdi. Afg‘oniston muhokama markazida
Jamiyat
−
02 iyul 2021
5162O‘zbekiston Republikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi. Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining rasmiy veb-saytida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat kotibi Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekiston bilan strategik sherikligini chuqurlashtirish istagini bildirgan va bu yil ikki mamlakat diplomatik munosabatlarining 30 yilligi nishonlayotganini alohida ta’kidlagan. Kotib O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, shu jumladan inson huquqlari va demokratiyani mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
“Davlat kotibi O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha tashabbuslarini yuqori baholadi va ikki mamlakatning C5 + 1 mintaqaviy diplomatik platformasidagi faol hamkorligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bdlinken Tashqi ishlar vaziriga O‘zbekistonning Afg‘onistonda adolatli va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishni qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, u O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyoda, farovonlik yo‘lida Afg‘oniston bilan yaqinroq siyosiy va iqtisodiy hamkorlikka e’tiborini olqishlagan.
LiveBarchasi