“Abu Saxiy” bozori 3 kunga yopildi
O‘zbekiston
−
10 Yanvar 2023 15839 1 daqiqa
“Abu Saxiy” savdo markazi tadbirkorlar va haridorlar uchun o‘z ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatmoqda. Bu haqda “Abu Saxiy” savdo markazi Matbuot xizmati rahbari Bunyod Hamidov “QALAMPIR.UZ”ga xabar berdi.
“Noqulay ob-havo sharoiti sababli joriy yilning 11–13 yanvar kunlari “Abu Saxiy” savdo markazi tadbirkorlar va haridorlar uchun o‘z ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi”, deydi Hamidov.
Uning aniqlik kiritishicha, “Abu Saxiy” savdo markazi tarkibiga bozor hududidagi barcha savdo majmualari, gipermarket va xalq orasida “Chinni bozori” deb yuritiluvchi hududlar ham kiradi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr