Abror Muxtor Aliy Musulmonlar idorasida mas’ul lavozimini egalladi

Jamiyat

image

Abror Muxtor Aliy O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil etilgan bo‘limdagi lavozimga tayinlandi. Bu haqda idora Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil etilgan “Qur’on tajvidini o‘rgatish” bo‘limi mudiri o‘rinbosari vazifasiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, bloger Abror Abduazimov (Abror Muxtor Aliy) tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Abror Muxtor Aliy Andijon viloyatida joylashgan “Sayyid Muhyiddin Mahdum” madrasasidagi tayyorlov kursida tahsil olib, Namangan shahridagi “Mulla Qirg‘iz” (hozirgi “Hidoya”) o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasasida o‘qigan. Shundan so‘ng, u Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida tahsil olgan.

Abror Abduazimov 2008 yil Respublika qorilar musobaqasida ishtirok etib, “mujavvid qorilar” yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rinni olgan. 2008 yil Toshkent viloyati “Olimjon ota” jome masjidida imom-xatib bo‘lib ishlagan. 2008-2009 yillarda Xorazm viloyatidagi “Faxriddin ar-Roziy” o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasasi o‘qituvchi vazifasida xizmat qilgan. 2009-2011 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining Oliy jurnalistika kurslarida tahsil olib, magistrlik darajasini olgan.

Xabarga ko‘ra, Abror Abduazimov mashhur alloma Izuddin Bayyanuniyning “Tahorat va namoz hukmlari” nomli kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. “Oltin silsila” hadislar to‘plami tarjimonlaridan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

753

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing