Abramovich turk klubini sotib olish arafasida ekani aytildi

Sport

image
0:00
0:00
download

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich futbol bo‘yicha Turkiya Superligasi jamoasi “Go‘ztepe”ni sotib olish bo‘yicha kelishuv arafasida turibdi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi

Turk OAVlarida tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, rossiyalik tadbirkor “Go‘ztepe” klubini sotib olgani ushbu xafta oxirigacha e’lon qilinishi mumkin.

Biroq “Go‘ztepe” klubi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Talat Papatya Roman Abramovich Superliga klubini qabul qilib olgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Papatyaning so‘zlariga ko‘ra, Abramovich “Go‘ztepe” klubini sotib olish uchun hech kimga qo‘l cho‘zmagan va gaplashmagan.

“Biz OAVda Abramovich klubni qabul qilib olganini o‘qidik. Bu muhim emas. Bu masalalar bo‘yicha muzokaralar ma’lum bir kamolotga yetganida kerakli ma’lumotni ommaga oshkor qilamiz”, degan Talat Papatya.

Roman Abramovich yangi klub sotib olgani to‘g‘risidagi so‘nggi mish-mishlar rad etilgan bo‘lsa-da, Abramovich yaqin haftalarda yangi jamoa xarid qilish uchun bozorga chiqishi mumkin.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Buyuk Britaniya hukumati tomonidan sanksiya qo‘llanilishidan oldin rus tadbirkori Londonning “Chelsi” klubini sotuvga qo‘ydi. Shundan so‘ng, joriy yilning 10 mart kuni Buyuk Britaniya hukumati tomonidan Abramovichning mulklariga nisbatan cheklovlar kiritildi.

“Chelsi”ning sotuvini amalga oshirayotgan “Raine” banki real xaridorlarning ro‘yxatini tuzib chiqmoqda. Buyuk Britaniya hukumati joriy yilning 18 apreligacha eng ma’qul tanlov ularga yuborolishini istaydi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing