Abdusattorov Jahon chempionatida yarim finalga chiqdi

Sport

image

Nodirbek Abdusattorov Germaniyaning Vayzenxaus shahrida bo‘lib o‘tayotgan fristayl bo‘yicha Jahon chempionatining yarim final bosqichiga chiqdi.

Kecha, 13 fevral kuni musobaqaning saralash bahslari yakunlandi. Unda 8 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. 7 tur natijasiga ko‘ra, Abdusattorov 4 ochko to‘plab, kuchli to‘rtlikka kirdi va yarim finalga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. 

Javohir Sindorov esa 3 ochko bilan 7-o‘rinni egallab, musobaqada g‘alaba qozonish imkoniyatini yo‘qotdi.

Bugun, 14 fevral kuni Abdusattorov yarim finalda norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi yarim finalda esa Vinsent Keymer va Fabiano Karuana o‘zaro kurash olib boradi. Musobaqaning finali esa ertaga, 15 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 fevral kuni Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy Tata Steel Chess musobaqasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov fristayl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing