Abdusattorov va Sindorov xalqaro turnirda kuchli uchlikda bo‘lib turibdi
Sport
−
17 yanvar 2023 7714 1 daqiqa
Ayni kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida “Tata Steel-2023” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ortda qolgan uch turdan so‘ng turnirda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik shaxmat ustalari yuqori pog‘onalardan joy olgan.
Top shaxmatchilar qatorida g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan “Masters” guruhidagi Nodirbek Abdusattorov 2 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. “Shallenger” guruhidagi Javohir Sindorov ham 2 ochko to‘plagan. Sindorov o‘z guruhida 2-o‘rinda qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, bugun, 17 yanvar kuni “Tata Steel-2023” turnirining 4-tur bahslari start oladi. Nodirbek Abdusattorov bu turda oq donalarda eronlik Parxam Magsudlu bilan bahs olib borsa, Javohir Sindorov hindistonlik grossmeyster Adhibanga qarshi dona suradi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr