Abdusattorov xalqaro turnirda 3-o‘rin uchun kurashadigan bo‘ldi
Sport
−
15 fevral
4300Kecha, 14 fevral kuni Germaniyada o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirining yarim final o‘yinida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 16-jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bordi.
Oq donalarda harakatlangan O‘zbekiston vakili yakunda raqibi bilan durangga imzo chekdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra esa Karlsen 0,5 : 1,5 hisobida g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi.
Ikkinchi yarim finalda amerikalik Fabiano Karuana hamyurti Levon Aronyan bilan kuch sinashdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra tomonlar murosa yo‘lini tanlaganidan keyin g‘olib nomi tay-brekda aniqlandi. Hal qiluvchi partiyada Karuana raqibidan ustun keldi va u endi finalda Magnus Karlsen bilan g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Bugun, 15 fevral kuni O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun dona suradi. Abdusattorovga Karuanaga imkoniyatni boy bergan Levon Aronyan raqiblik qiladi.