Abdusattorov xalqaro musobaqada mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirdi
Sport
−
21 yanvar 2023
9246Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tayotgan “Tata Steel Chess” xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 6-turda Hindiston vakili Pragnanandxaga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi.
Ayni vaqtda turnirda aynan Pragnanandxa va mezbonlar vakili Anish Giri Nodirbekning asosiy raqibi bo‘lib turibdi. Hindiston vakili bilan murosa yo‘lini tanlagach, o‘zbekistonlik shaxmatchining ochkolari soni 4,5 taga yetdi.
“Challenger” guruhida Javohir Sindorov 6-turda braziliyalik Luis Paulo Supi bilan bahsda durang natija qayd etdi.
Abdusattorov 6 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘arib, hamon turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. 5-turda Nodirbekka imkoniyatni boy bergan amaldagi jahon tojdori Magnus Karlsen esa jadvalda 11-pog‘onani band etgan.
LiveBarchasi