Abdusattorov duranglar seriyasini davom ettirdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Germaniyaning Dyusseldorf shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “WR Chess Masters” turniri yakunlanmoqda. 24 fevral kuni musobaqaning 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu turda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan niderlandiyalik Anish Giriga qarshi qora donalarda bahs olib bordi. O‘yin yakunida tomonlar durangga imzo chekdi.

Shunday qilib, 8 ta turdan so‘ng, Nodirbekning ochkolari soni 3,5 taga yetdi. Abdusattorov hamon turnir jadvalida 9-pog‘onani egallab turibdi. 8-turdan keyin hindistonlik Gukesh Domarju chempionlik uchun asosiy nomzodga aylanib oldi. Uning hisobida 5 ochko mavjud. 

Bugun, 25 fevral kuni “WR Chess Masters” turniri yakunlanadi. So‘nggi turda Abdusattorov musobaqa jadvalida 5-o‘rinni band etib turgan amerikalik Uesli Soga qarshi dona suradi. Shuningdek, turnir yetakchilari hindistonlik Gukesh Domarju va AQSH vakili Levon Aronyan g‘oliblik uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Abdusattorov Anish Giri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing