Abdusattorov 235 ming dollarlik turnirda sovrindor bo‘ldi

Sport

image

Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan “The Aimchess Rapid-2023” onlayn turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2703) 3-o‘rinni egalladi. U o‘tish turnirida Uesli Soga 1,5:0,5 hisobida yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, final uchrashuvida norvegiyalik raqibi Magnus Karlsenga (2829) 0,5:2,5 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. 

Bu orqali musobaqa grand finalida Magnus Karlsen va Uesli So o‘zaro bahs olib bordi. Mukofot jamg‘armasi 235 ming dollar bo‘lgan “The Aimchess Rapid-2023” onlayn turnirining yakuniy natijasi 3:1 ko‘rinishida norvegiyalik Magnus Karlsen hisobiga hal bo‘ldi.

Sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofotiga ega bo‘ldi:

  • 1-o‘rin: 30 ming dollar;
  • 2-o‘rin: 20 ming dollar;
  • 3-o‘rin: 15 ming dollar.

Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen Aimchess Rapid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made