Abdusalom Azizov: “O‘zbekiston manfaati hamma narsadan ustun!”

Sport

image

Jahon chempionati saralashidagi muvaffaqqiyatsizlikdan so‘ng  O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov terma jamoada O‘zbekiston manfaati barcha narsadan ustun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda bugun, 19 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘FA kongressida ma’lum qildi.

“Saudiyadan uchralgan mag‘lubiyat futbolimizning bugungi holatiga baho beradi. Biz bu masalaga tanqidiy yondashishimiz kerak. Terma jamoaning mag‘lubiyati o‘z-o‘ziidan bo‘lmadi va bu tasodif emas. Yaratilgan sharoitlar yuzasidan gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Muammolarimizning ildizi chuqur. Biz futbolda ko‘p narsani yo‘qotdik. Ayrimlar futbolni biznes qilib oldi. Kamchiliklar bolalar futbolidan boshlanyapti. Kimlardir futbolga kimlarningdir iltimosi bilan kelyapti. 

Murabbiylarni bir necha yildan buyon kuzataman, futbolimizning eng katta kamchiligi shuki, boshqa terma jamoa murabbiylari bizning futbolni bir ko‘rishda o‘rganib oladi. Taktika qandayligi, nechanchi daqiqada o‘yinchi almashtiramiz, jismoniy holatimiz qanday barchasini bilishlari juda oson. Har gal aynan shu sabab ham yutqazyapmiz. Aziz Haydarov bekorga taktika haqida gapirmadi”.

Amaldagi DXX raisi o‘zbek futbolidagi doimiy uslub, murabbiylar masalasi va milliy jamoaning asosiy g‘oyasi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi. 

“Bir xil yondashuv Vadim Abramov va boshqa murabbiylar davrida ham bo‘lgan. Mutaxassislarda ijodiy-tahliliy malaka yetarli emasligi va o‘z ustida ishlamasligi katta muammolardan biri desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Bu O‘FAga ham aloqador. Murabbiylarni xorijga malaka oshirish uchun yuborishimiz va o‘qitishimiz kerak. 

Ikkinchi jiddiy kamchilik: terma jamoada O‘zbekiston manfaati hamma narsadan ustun degan g‘oya unutib qo‘yildi Bu haqida terma jamoa Saudiyaga ketishidan avval ham gaplashgandik. 

Shuningdek, O‘FA prezidenti halollik, xaqqoniylik hamda bolalar futbolidagi holatlarga ham to‘xtalib o‘tdi. 

“Futbolda xolislik va halollikni ta’minlash bo‘yicha qo‘yilayotgan qadamlar haqida OAVning ham xabari bor. Masalan “Paxtakor” faoliyatiga oid ma’lumotlar ham ochiqlandi, boshqa jamoalarning ma’lumotlari ham taqdim etiladi. 

Jamoatchilik fikri ham juda muhim. Faqat mag‘lubiyat vaqtida emas, balki g‘alab qozonilganida ham tanqidlar bo‘lishi, bunday paytlarda so‘kish, haqorat qilish emas, hurmatini joyiga qo‘yish kerak. Birovning pulini sanash bilan uzoqqa bormaymiz.

Futbol maydonlari yo‘q bo‘lib ketyapti deymiz, bor, lekin bo‘sh turibdi. Futbol musobaqalarini uyushtirishga ko‘p narsa ketmaydi. Bolalar va o‘smirlar musobaqalari, mahallalar o‘rtasidagi futbol o‘yinlari O‘zbekistonga yetishmayapti”, deydi Azizov.

Ma’lumot uchun, Abdusalom Azizov 2019 yilning iyul oyidan beri O‘FA prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'FA

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing