Abdurashid Jo‘raboyev Vazirlar Mahkamasiga qaytdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida kadrlarga oid ayrim o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Ravil Abduqodirov O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. Shu munosabat bilan u Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Abdurashid Jo‘raboyev Bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident maslahatchisi o‘rinbosari edi

Ma’lumot o‘rnida, Vazirlar Mahkamasi Abdurashid Jo‘raboyev uchun begona emas. U 2019 yilning sentyabriga qadar Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 fevral kuni Baxtiyor Hasanov Bosh vazirning matbuot kotibi lavozimidan, Zafar Shoxotamovich To‘xtayev Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati Sog‘liqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod qilingan edi. .


Maqola muallifi

Teglar

Abdurashid Jo'raboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made