Abdurahmonov Qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘ldi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ibrohim Abdurahmonov 1975 yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 1992-1997 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 2001 yil AQSHdagi Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.

Faoliyatini 1997 yildan Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida boshlagan, 2002-2017 yillar mobaynida Fanlar akademiyasida turli vazifalarda ishlab kelgan. 2017 yil noyabrida yangi tashkil etilgan Innovatsion rivojlantirish vazirligi rahbari etib tayinlangandi.

2022 yil dekabrida Prezident farmoni bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlantirish vazirligi qo‘shib yuboriladi. 2023 yil yanvaridan hozirga qadar mazkur vazirlikda vazir bo‘lib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Qishloq xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing