Abdurahmonov hokim yordamchilarining formasi uchun 855 mln ajratdi

Jamiyat

image

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning joriy yil 24 dekabrda imzolangan farmoyishiga binoan hokim yordamchilarining formasi uchun 855 million so‘m ajratildi.

Hokim farmoyishi bilan viloyat mahalliy byudjeti daromadlar rejasining joriy yil III chorak yakuni bo‘yicha orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasiga hokim yoradamchilari yuniformasi uchun 855 million so‘m ajratilgan.

Bundan tashqari, viloyat hokimligi ishlar boshqarmasiga viloyat hokimligi moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 130 million so‘m ajratilishi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, joriy yil III chorak yakuni bo‘yicha orttirib bajarilgan qismi hisobidan jami 985 million so‘m mablag‘ ajratilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 1 yanvaridan respublikaning 9 ming 259 ta mahallasida hokim yordamchilari ish boshlaydi. Bunda hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

forma

Baholaganlar

199

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing