Abdumannop Bo‘riyev biznes-ombudsman lavozimiga tayinlandi
Jamiyat
−
27 dekabr 2025 3170 1 daqiqa
Abdumannop Abdurahmatovich Bo‘riyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes-ombudsman) lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Abdumannop Bo‘riyev 1986 yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. Bo‘riyev yangi lavozimga tayinlanishidan avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasida faoliyat yuritgan. U yerda korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq tizimi masalalari bilan shug‘ullanuvchi qo‘mita a’zosi hamda O‘zLiDeP partiyasidan vakil bo‘lgan. Shuningdek, Bo‘riyev Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasiga rahbarlik qilgan, Adliya vazirligi markaziy apparatida esa tashkiliy nazorat va strategik rejalashtirish bo‘limini boshqargan.
Endilikda Bo‘riyevning asosiy vazifasi xususiy biznes manfaatlarini himoya qilishdan iborat bo‘ladi. U davlat organlarining tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslikni, shuningdek, biznes sohasini tartibga soluvchi qonunlarning buzilishsiz ijro etilishini nazorat qiladi.