Abdulloh topildi. 14 kundan beri qayerda bo‘lgani hamon noma’lum

Jamiyat

image
“Adolat” Abdulloh Tohirov voqeasini qoralab, Bosh prokuraturadan izoh talab qilyapti north_east

“Adolat” Abdulloh Tohirov voqeasini qoralab, Bosh prokuraturadan izoh talab qilyapti

Elektron ommaviy axborot vositalarida Abdulloh qayerda? mavzusida maqola chop etilib, joriy yilning 26 oktyabr kuni Andijon viloyat IIBBga chaqirilgan 20 yoshli Abdulloh Tohirov haligacha uyiga qaytib kelmagani, oila a’zolari uni qayerda ekanligini bilmasligi haqida tashvishli xabar tarqalgandi.

Ushbu masalaga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham o‘z munosabatini bildirdi. Jumladan, O‘zbekiston “Adolat” SDP ushbu voqeani qattiq qoralashini ma’lum qildi va “Qonunni oyoq osti qilmang!” deb o‘z munosabatini bildirdi.

Ayni daqiqalarda esa ijtimoiy tarmoqlarda Abdullohning topilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Ijtimoiy tarmoqlarning so‘nggi kunlardagi qahramoni Abdulloh Tohirov nihoyat topildi.

Ayni soatlarda uyi sari otlangan Abdulloh Qamchiq dovonidan o‘tmoqda”, deyiladi. Albatta, Abdullohning topilishiga voqeaga e’tibor qaratgan keng jamoatchilik, blogerlar, veb-saytlarning hissasi mavjudligini e’tirof etamiz.

Shuningdek, “Adolat” SDP Bosh prokuraturadan Abdulloh qayerda? maqolasi yuzasidan hamda 14 kundan beri uning qayerda ekanligi haqida xabar bermagan shaxslar harakatiga huquqiy baho berib, munosabat bildirishini kutib qolishini yana bir bor ta’kidlaydi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Abdulloh Tohirov

Baholaganlar

332

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing