Abdulloh qayerda? Yoshlar ittifoqi bayonot bilan chiqdi

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh Tohirov bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda.

Bunday postlarning birinchi joriy yilning 2 noyabr kuni “Abdulloh qayerda?” sarlavhasi ostida tarqalgan edi. Unda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro Dilmurod Tohirovning 20 yashar o‘g‘li Abdullohni IIB xodimlari olib ketib, bir haftadan buyon daragini bermayotganiga oid fikrlar bayon etilgan.

Odamlar orasida ko‘plab savollarni keltirib chiqarayotgan ushbu voqea yuzasidan hech bir rasmiy idora ma’lumot bermayotgan bir vaqtda, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bayonot bilan chiqdi. Unda qayd etilishicha, tashkilot mazkur vaziyat bo‘yicha bir necha kun avval o‘rganish ishlarini boshlagan.

“Bizga ma’lum qilishlaricha, Abdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, balki boshqa idora shug‘ullanmoqda va tez orada bu holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot beriladi. 

Biz imkonimiz boricha Abdulloh va uning yaqinlariga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyormiz. Ayni vaqtda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qilish idoralaridan holatga oydinlik kiritish va aniq tafsilotlar olishga harakat qilmoqda. 

Biz jarayonning ochiq va shaffof o‘tishi, holat bilan bog‘liq aniq ma’lumotlarning jamoatchilikka tezroq taqdim qilinishini istab qolamiz”, deyiladi Yoshlar ittifoqi tarqatgan xabarda. 

Ma’lumotlarga qaraganda, avvalroq 20 yashar Abdulloh Tohirov boshqaruvidagi avtomobil Andijon viloyati IIBB xodimi boshqaruvidagi avtomobil bilan to‘qnashgan. YTHdan keyin 26 oktyabr kuni Abdulloh Tohirov o‘z uyidan olib ketishgan. 

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Abdulloh Tohirov

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing