Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 20 iyundan boshlab Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarish tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi. 

Qaror bilan, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etildi.

Mintaqalar ichki ishlar organlari faoliyatini kundalik nazorat qilish va muvofiqlashtirishni tashkil etish Bosh boshqarma boshlig‘ining vakillari tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, mintaqaviy hududlar rahbarlarining faoliyatini ta’minlash uchun shtab sifatida mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari tashkil etiladi.

Bosh boshqarma boshlig‘i va mintaqaviy hududlar rahbarlari tomonidan joylarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi muammolar, shuningdek ushbu faoliyatning samaradorligini oshirish bo‘yicha taqdim etiladigan takliflar Toshkent viloyati hokimi tomonidan har oyda ko‘rib chiqiladi. 

Bosh boshqarma har chorakda faoliyatining samaradorligini reyting tizimida baholaydi. Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari esa kriminogen vaziyatning tahlili asosida har chorakda batafsil “yo‘l xarita”larini ishlab chiqadi. 

Qarorga muvoviq, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining serjantlar tarkibi lavozimiga ushbu bo‘linmalarning oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan amaldagi xodimlari o‘rniga 2021 yil 1 dekabrgacha bosqichma-bosqich tayinlashni nazarda tutgan holda faqat oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi shaklda o‘qiyotgan shaxslar bilan jamlanadi.

Qaror bilan boshqaruvda katta amaliy ish tajribasiga hamda sohada obro‘ va hurmatga ega bo‘lgan ichki ishlar organlarining pensionerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ishchi ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining maslahatchilari lavozimi kiritildi hamda ularga to‘lanayotgan pensiyasining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq belgilandi.

2019 yil 1 dekabrgacha Bosh boshqarma faoliyatida sodir etilgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olishning “102” avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimi joriy etiladi.

2022 yil 1 yanvargacha mintaqalar hududlarida to‘liq moto- va avtopatrullik qilishga o‘tish maqsadida Toshkent viloyati ichki ishlar organlari patrul-post xizmati skuter va yengil transport vositalari bilan ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing