MIB xodimini kaltaklagan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Joriy yilning 10 may kuni soat 18:30 larda Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi davlat inspektorlari D.E. va I.U. xizmat vazifalarini bajarib, tumandagi “Saroy” mahallasida yashovchi S.B.ning xonadoni gaz hisoblagichi uskunasi ko‘rsatkichlarini xatlov dalolatnomasiga tushirayotgan vaqtda, 1975 yilda tug‘ilgan S.B. mast holatda, davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni chiqib ketishlarini qat’iy talab qilib, davlat inspektori 1988 yil tug‘ilgan I.U.ni boshiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon MIB

Baholaganlar

6

Reyting

3.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar