Abdulla Aripov namuna ko‘rsatdi
Jamiyat
−
25 mart 2019 12010 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onidagi 5-maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilingani xabar qilingandi.
Yig‘ilishda davlat rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalalasiga to‘xtalar ekan “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deb ta’kidlagan edi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr