Abdulla Aripov qozog‘istonlik yangi mavqedoshini qutladi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston Respublikasining yangi Bosh vaziri Oljas Bektenov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Hukumatining rasmiy veb-saytida tegishli bayonot e’lon qilindi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston Bosh vaziri Oljas Bektenovni Qozog‘iston Bosh vaziri etib tasdiqlagani munosabati bilan samimiy tabriklagan.

Shuningdek, davlatlar rahbarlari tomonidan hukumatlar oldiga O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan muhim vazifalarni yaqin hamkorlikda amalga oshirishga umid bildirilgan.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Bosh vaziri qozog‘istonlik mavqedoshini ushbu lavozimga tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi ham yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 fevral kuni Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqqan edi. 2022 yilning yanvaridan beri Bosh vazir lavozimida ishlab kelayotgan Alixon Smailov hukumat iste’foga chiqqanidan so‘ng Qozog‘iston xalqiga murojaat qilib, o‘z faoliyati natijalarini sarhisob qildi. Uning o‘rnini esa “Amanat” partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Oljas Bektenov egalladi. Bektenov Prezident Administratsiyasi rahbari edi. U Bosh vazir bo‘lgach, uning o‘rnini Oybek Dadeboyev egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing