Abdulla Aripov Chexiyaga bordi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2023
5965Bugun, 10 oktyabr kuni Chexiya hukumati uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar berildi.
Mazkur uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar holati va istiqboldagi vazifalar ko‘rib chiqilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Chexiya kapitali ishtirokida 50 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda.
Ikki hukumat rahbari o‘rtasida kechgan muzokara vaqtida investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, transport, bandlik, ta’lim, tibbiyot, turizm kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va uni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Chexiyada 10-11 oktyabr kunlari bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov 9 oktyabr kuni XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali yopilish marosimida ishtirok etgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr