Abdulla Aripov bir nechta davlat vazir va vazir o‘rinbosarlarini qabul qildi
Jamiyat
−
06 aprel 2021
4429O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kecha, 5 aprel kuni Toshkent shahrida boshlangan “INNOPROM. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vaziri D.Manturov, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat va agrosanoat majmuasi bo‘yicha vaziri – kollegiya a’zosi A.Kamalyan, Belarus Respublikasi Sanoat vaziri P.Parxomchik, Qirg‘iz Respublikasi Energetika va sanoat vaziri K.Turduboyev, Tojikiston Respublikasi Sanoat vaziri Sh. Kabirov, Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratizimni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari A.Yerjanov, Ozarbayjon Mudofaa sanoati vaziri o‘rinbosari Mehman Baxishov ishtirok etgan.
Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vaziri D.Manturovga “INNOPROM” sanoat haftaligini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini ilgari surgani, boshqa delegatsiyalar rahbarlariga esa ko‘rgazma doirasidagi tadbirlardagi ishtiroki uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy minnatdorligi yetkazilgan.
Umumiy maydoni 12,5 ming kvadrat metrni tashkil etgan ko‘rgazma maydonida dunyoning 20 mamlakatidan 300 dan ortiq kompaniyaning mahsulot va xizmatlari namoyish etilyapti. Anjuman dasturiga ko‘ra, 15 ga yaqin keng qamrovli tadbir, 200 dan ortiq biznes-uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, mamlakat keyingi yillarda MDH hududidagi an’anaviy ishonchli savdo-iqtisodiy hamkorlar hisoblangan barcha davlatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirgan. O‘zbekiston YeOII faoliyati va Yevroosiyo maydonidagi integratsion jarayonlarni kuzatib bormoqda.
LiveBarchasi