Abdulla Aripov Belarusda YeOII yig‘ilishida qatnashdi (video)
Olam
−
04 iyun
5266Minskdan yuz kilometr uzoqlikda joylashgan Nesvijda bugun, 4 iyun kuni Yevrosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ham qatnashdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, “Yashil” koridor tizimlarini kengaytirish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etish, “yashil” va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etishda umumiy yondashuvlar va yaqin hamkorlikni ishlab chiqish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Bir kun oldin bu yerda tor doiradagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, uning dasturi YeOIIning transchegaraviy bozorlardagi raqobat holati to‘g‘risidagi yillik hisobotini ko‘rib chiqishdan iborat edi. Ishtirokchilar, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar hududlarida Sharq-G‘arb va Shimol-Janub yo‘nalishlarida transport infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ular Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi bilan aloqalarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda YeOIIda yuk temiryo‘l transportini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishning borishi va transport yo‘laklarini raqamlashtirish bo‘limida ko‘zda tutilgan ishlar baholandi.