Abdulla Aripov Armanistonga bordi
Olam
−
01 Oktabr
4047O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida ishtirok etish uchun Armanistonning Yerevan shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Aripov o‘z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi.
Yig‘ilish so‘nggida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlari rejasi imzolangan.
Shuningdek, Yerevanga tashrif doirasida Bosh vazir Abdulla Aripov Eronning Birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, davlatlar o‘rtasida turli sohalarda sanoat kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yevrosiyo iqtisodiy forumida ham ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaota shahrida Abdulla Aripov qozog‘istonlik mavqedoshi bilan uchrashgandi. Aripov va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
LiveBarchasi