Abdulaziz Komilovning oilaviy surati e’lon qilindi. U Rashidovning kuyoviligini bilasizmi?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning oilaviy surati uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirildi. Suratda Komilov va uning rafiqasi Gulnora Rashidovani ko‘rish mumkin. 

Surat ostida barcha ayollarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan muborakbod etilgan. Mazkur surat Vashingtondagi Potomak daryosi sohida olingani qayd qilingan. 

Abdulaziz Komilov sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston rahbari bo‘lgan Sharof Rashidovning kuyovi sanaladi. 

O‘zbekiston jamoatchiligi Sharof Rashidovning oila a’zolaridan uning to‘ng‘ich qizi Sayyora Rashidovani yaxshi taniydi. Rashidovaning siyosiy doiradagi faoliyati samarali davom etib kelmoqda. U hukumat tomonidan o‘tkaziladigan rasmiy marosimlarda doimiy ishtirokchilardan biri. Biroq O‘zbekiston xalqi uchun Sharof Rashidovning qolgan oila a’zolari parda ortida, jumladan Gulnora Rashidova ham.
 


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Sharof Rashidov

Baholaganlar

708

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing