Abdulaziz Komilov Tojikistonga boradi
Jamiyat
−
12 iyul 2021
4994Joriy yilning 13-14 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonga boradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13-14 iyul kunlari Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Uchrashuvda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi. Shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan hal qilish jarayoniga SHHTning ko‘maklashish borasida fikr almashiladi.
LiveBarchasi