Abdulaziz Komilov Ozarbayjon Hukumati tomonidan mukofotlandi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2019
2683O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan ta’sis etilgan “Ozarbayjon Respublikasi diplomatik xizmatining 100 yilligi” (1919-2019) yubiley medali bilan mukofotlandi. Ushbu nufuzli mukofotni Komilovga Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Huseyn Guliyev topshirdi.
Elchi Huseyn Guliyev O‘zbekiston rahbariyatiga Ozarbayjon bilan do‘stona va qardosh munosabatlarni namoyon etgani uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatini qutlar ekan, ushbu mukofot uchun Ozarbayjon Respublikasi Hukumatiga yana bir bor minnatdorlik bildirgan.
Uchrashuv davomida Komilov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari barcha sohalarda sezilarli darajada rivojlanib borayotganini, iqtisodiy sohada ko‘plab loyihalarni amalga oshirish boshlanganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a’zo bo‘ldi. Kengashning navbatdagi sammiti 15 oktyabr kuni Ozarbayjonning Baku shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi kutilmoqda.
LiveBarchasi