“Bu — qahramonlik emas”. Safoyev qaltis vaziyatda to‘y o‘tkazishni jinoyatga tenglashtirdi

Jamiyat

image

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tez orada ortda qoladi va hayot o‘z iziga tushib ketadi, deb ishonch bildirdi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. U bu haqda Xalqaro press-klubning COVID-19 ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyasida aytib o‘tdi.

“Bu voqealar ortda qoladi va doimiy hayot tarzimizga qaytib kelamiz. Mana shunday ofatlar jamiyat o‘z izmidan chiqqanda, ya’ni urushlar, ziddiyatlar, o‘zaro kelishmovchiliklar avjiga chiqqanda eshigimizni qoqadi. Bu esa aslida ishora, xabar. Hushyorlikka chaqiruv.

Insoniyat xavf ostida, biz o‘tkinchi ziddiyatlardan o‘zimizni chegaralay olishimiz kerak. Urushlar va shu singari epidemiyalar insonlarning eng yaxshi fazilatlari va eng jirkanch illatlarini namoyon qiladi”, dedi Safoyev.

Shuningdek, senator mamlakatda koronavirus keng tarqalishi mumkin o‘lgan bir vaqtda to‘ylar o‘tkazilishini qoraladi.

“Shunday qaltis vaziyatda to‘ylarni o‘tkazish, bu — qahramonlik emas, balki jinoyatdir. Hozir soxta qaxramonlik qiladigan vaqt emas.

Inqiroz davrida eng xavfli narsa — sarosimaga tushish. Bu juda katta xatolarni keltirib chiqarishi mumkin”, deya fikr bildirdi Safoyev.

Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Sodiq Safoev koronavirus

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing