Abdulaziz Komilov Xorvatiyaga bordi
Jamiyat
−
29 Oktabr
3922O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya shu yilning 22-24 oktyabr kunlari tashrif bilan Xorvatiyada bo‘ldi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, tashrif chog‘ida O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va siyosiy muloqotni kengaytirish masalalari muhokama qilingan. Tashrifning muhim voqealaridan biri Xorvatiya Bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan muzokaralar bo‘lgan. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida turli yo‘nalishlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, transport va infratuzilma, energetika, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
"Xorvatiya hukumati rahbari O‘zbekiston Prezidentining ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish borasidagi tashabbuslarini yuqori baholadi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorvatiya Bosh vaziriga 2025 yilda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelish bo‘yicha taklifi yetkazildi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida Xorvatiya Bosh vaziri o‘rinbosari, dengizchilik, transport va infratuzilma vaziri Oleg Butkovich, Xorvatiya Tashqi ishlar hamda Qishloq, o‘rmon va baliqchilik vazirliklari rahbariyati bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 23 oktyabr kuni O‘zbekistonning elchisi Oybek Shaxavdinov Xorvatiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi protokol boshqarmasi boshlig‘i Mirta Yelens Jupanga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirgandi.
LiveBarchasi