Abdulaziz Komilov AQSHning yarashish masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Zalmay Xalilzod boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi O‘zbekistonga kelayotgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat va ushbu mamlakatda tinchlik jarayonini boshlash istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan. 

Ta’kidlanganidek, ko‘p yillik afg‘on mojarosini faqatgina kurashayotgan tomonlar o‘rtasida tinchlik muzokaralarini o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Mazkur shart asosiy qoida o‘laroq Toshkent deklaratsiyasi matnida ilgari surilgan va belgilagan.  Ushbu hujjat dunyoning yetakchi davlatlari va mintaqa mamlakatlari vakillari tomonidan konsensus asosida qabul qilingan. 

Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston – AQSH hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari hamda Afg‘onistonda yirik ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarni barpo etishda va infratuzilma loyihalarini tadbiq etishda amaliy hamkorlik qilish to‘g‘risidagi takliflar muhokama qilindi. Ushbu loyihalar Afg‘onistonning tinch va barqaror rivojlanishiga, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatdan Markaziy Osiyo hududining uzviy qismi bo‘lishiga imkon yaratadi. 

TIVdagi uchrashuvda boshqa xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi. 

Suhbatda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev ishtirok etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Zalmay Xalilzod

Baholaganlar

3

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing