Abdulaziz Komilov AQSHga boradi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 27 iyun – 4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi xabar bermoqda.

“Tashrif dasturida AQSH vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “Tolibon” harakati faollashuvi fonida joriy yilning 24 iyun kunidan beri Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya AQSHda bo‘lib turibdi. 

Avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston delegatsiyasini qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Bayden Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani va Milliy yarashish bo‘yicha oliy kengash rahbari Abdulla Abdulla bilan Vashington tomonidan Kobulga berilayotgan diplomatik va gumanitar yordam mavzusini muhokama qilgan. Uchrashuv Oq uyda matbuot uchun yopiq rejimda bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing