Abdulaziz Komilov AQSHda yashayotgan o‘zbekistonlikka “Shuhrat” medalini topshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan ayni vaqtda AQSHda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston tashqi idorasi rahbari bugun, 18 noyabr kuni AQSHda istiqomat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik Saidahmad Arislanovga “Shuhrat” medalini va O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi birinchi kotibi Faxriddin Mo‘minovga “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini topshirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 27 avgustidagi farmoni bilan axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan “ASO Systems” kompaniyasi rahbari Saidahmad Arislanov mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi, mustaqillik g‘oyalariga sadoqati, fidokorona mehnati, vatanparvarligi, jamoat hayotida faol ishtirok etish orqali qo‘lga kiritilgan sharaf va hurmat uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Saidahmad Arislanov

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing