Abdulaziz Komilov Afg‘onistonga bordi
Olam
−
22 mart 2023 13922 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Irgashevdan iborat delegatsiya Qobulda bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik Afg‘oniston” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston Mudofaa vaziri Muhammad Yoqub O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilgan.
O‘zbekiston “Tolibon”ga siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik va boshqa sohalarda yordam berishga tayyorligini bildirgan.
“Tolibon” Mudofaa vazirligi ikki tomonlama chegarani himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlash va munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” vakillari Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘li bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun O‘zbekistonga kelgan edi.
Live
Barchasi