Abduqodir Husanov Fransiya chempionati ramziy jamoasiga kiritildi
Sport
−
21 Oktabr
9005O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi va Fransiyaning “Lans” klubi a’zosi Abduqodir Husanov mamlakat chempionatining 8-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.
Liga 1 ning oxirgi turida “Lans” safarda “Renn” bilan bahs olib borib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 20 yoshli himoyachining mazkur o‘yindagi xatti-harakatlari 7 ballga loyiq ko‘rildi. Husanovdan tashqari “Lans”dan yarim himoyachi Tomasson ham ramziy jamoaga kiritildi. Tomassonning o‘yini esa 8 ball to‘pladi.
Qayd etish joiz, “Renn”ga qarshi bahsda o‘zbekistonlik himoyachining 88,7 foiz uzatmalari aniq chiqqan. Ramziy jamoaga eng ko‘p “Marsel” klubi a’zolari kiritildi. “Janubliklar”dan 3 nafar futbolchining xatti-harakatlari yuqori baholandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov O‘zbekistonning eng qimmat ikkinchi futbolchisiga aylangani xabar qilingandi.
Hozirga kelib himoyachining transfer qiymati 5 million yevroni tashkil etadi.
LiveBarchasi