Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Sport

−

image

Kecha, 22 mart kuni Londondagi “Uembli” stadionida “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari Angliya Liga kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.

O’Rayli 60-daqiqada “Manchester Siti”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 64-daqiqada “Arsenal” darvozasiga ikkinchi golini kiritdi.

Shaharliklarning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi. U 32-daqiqada Yokereshga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun sariq kartochka oldi.

“Arsenal”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan “Manchester Siti” to‘qqizinchi bor Angliya Liga kubogi sohibi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing