Abduqodir Husanov 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Sport
−
14 mart
10544Fransiyaning “Lans” klubida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov jamoasining 1 ta o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi qarorida ma’lum qilindi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, 10 ta uchrashuvda 3-sariq kartochkasini olgan Abduqodir Husanov 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Ushbu qaror Fransiya chempionati, kubogi va liga kubogi bahslariga tegishlidir.
Qaror 19 martdan kuchga kiradi. Bu degani Husanov 16 mart kuni chempionat doirasida “Nitssa” qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin, biroq 20 yoshli futbolchi jamoasining 30 mart kuni “Lill”ga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov shu vaqtga qadar “Lans” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. “Transfermarkt” tomonidan 2 million yevroga baholanayotgan Husanovning Fransiya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.