Abduqahhor Mullajonov Toshkent viloyati prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2023
8056Abduqahhor Fayzullayevich Mullajonov Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuror Hayot Shamsutdinovning tegishli buyrug‘i chiqarilgan.
Unga ko‘ra, bugun, 19 sentyabr kuni adliya katta maslahatchisi Abduqahhor Mullajonov Bosh prokurorning buyrug‘i bilan Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Mullajonov mazkur tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U ish faoliyatini 2002 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasidan boshlagan. 2017–2018 yillarda Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Abduqahhor Mullajonov marhum Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonovning ikkinchi o‘g‘li hisoblanadi. Fayzulla Mullajonov 1991 yildan 2017 yil (vafoti)ga qadar rahbarlik qilgan.
LiveBarchasi