Abduhakimov 5 ta mamlakat o‘rtasida aviareyslar soni va yo‘nalishlarini oshirishni taklif qilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning tarixiy va turistik shaharlari o‘rtasida aviareyslar soni va yo‘nalishlarini oshirishni taklif qilmoqda. Bu haqda u Turkiy tilli davlatlar hamkolik kengashiga a’zo mamlakatlar Turizm vazirlarining V yig‘ilishida so‘z ochdi. 

Bosh vazir o‘rinbosari tashkilotga a’zo mamlakatlarning tarixiy va turistik shaharlari o‘rtasida aviareyslar soni va yo‘nalishlarini oshirish, ularning geografiyasini kengaytirishni taklif qildi. 

Qayd etilishicha, Turkiya, Ozarboyjon, Vengriya va boshqa ishtirokchi mamlakatlarning tarixiy va turistik shaharlari o‘rtasida transport aloqalarining yangi yo‘nalishlari ushbu davlatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qiladi. 

Bundan tashqari, Abduhakimov sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab zamonaviy karvonsaroylar qurishni taklif qildi.  

Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan Turkistondagi Ahmad Yassaviy maqbarasi, Toshkent viloyatidagi Zangi ota va Qo‘ng‘irot tumanidagi Hakim ota Boqirg‘oniy ziyoratgohlarini o‘z ichiga olgan “Oltin uchburchak” turini faollashtirish taklif etildi. Bundan tashqari, chegara oldi hududlarida offshorlar turistik klasterlarini tashkil qilish taklif etilgan bo‘lib, unda savdo-sotiq va boshqa alohida soliq shart-sharoitlari ko‘zda tutilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14 sentyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining tuzilishi to‘g‘risidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni imzolagan edi. 2019 yil 15 oktyabr kuni Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida bo‘lib o‘tgan TTDHK sammitida O‘zbekiston Respublikasi to‘laqonli a’zo sifatida qatnashgan va unda O‘zbekiston rahbari ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov Turkiy kengash

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing