Abbos Krishtianuga qarshi. Ular buni qila oladi – Kazanskiy
Sport
−
06 dekabr 1873 1 daqiqa
Rossiyalik teleboshlovchi va sport sharhlovchisi Denis Kazanskiy Jahon chempionati qur’a tashlash marosimidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda jurnalist o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston uchun juda xursandman. Abbos Krishtianuga qarshi. Ular buni qila oladi!” deb yozadi Kazanskiy o‘zining Telegram-kanalida.
Shuningdek, Kazanskiy jahon chempionatining qolgan guruhlari haqida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Menicha qiziqarli guruhlar yo‘q. Bularning barchasi noaniqlik tufaylidir. Balki, faqat Marokash, Braziliya va Shotlandiya guruhini alohida aytish mumkindir. Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama guruhida ham alohida e’tirof etadigan narsa yo‘q”, deydi Kazanskiy.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan edi.