Abbos Aroqchi Eron Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi
Olam
−
25 avgust
4693Eron tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Abbos Aroqchi mamlakatning yangi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi.
Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon taklifi bilan mamlakat Vazirlar Mahkamasiga ishonch ovozi berish chog‘ida Aroqchi 288 ovozdan 247 tasini qo‘lga kiritdi.
Nashrga ko‘ra, Aroqchi Pezeshkiyonning yadroviy kurashini qayta tiklash va Eronning G‘arb dunyosi bilan munosabatlarni qayta tiklash haqidagi va’dalarini bajarishi kutilmoqda. Negaki u 2015 yilda jahon kuchlari bilan yadroviy kelishuvni ishlab chiqqan muzokaralar guruhi a’zosi edi.
Aroqchi 2017-2021 yillarda sobiq tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif davrida siyosiy masalalar bo‘yicha vazir o‘rinbosari bo‘lgan. U 2021 yilda buyon Eronning tashi aloqalar bo‘yicha strategik kengashi kotibi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U Finlyandiya (1999–2003) va Yaponiyada (2007–2011) elchi lavozimlarida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Mas’ud Pezeshkiyon parlament yig‘ilishida Eron og‘ir iqtisodiy sharoitda va bundan ko‘plab fuqarolar norozi ekanligini aytgandi.
LiveBarchasi