Abeni o‘ldirgan erkakka ayblov e’lon qilindi
Olam
−
10 iyul 2022
32930Yaponiya sobiq Bosh vaziri Sindzo Abeni o‘ldirgan 41 yoshli sobiq yapon askari Tetsuya Yamagami prokuraturaga topshirildi va unga ayblov e’lon qilindi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, erkak hibsga olinganidan keyin Nara prefekturasi politsiya boshqarmasiga joylashtirilgan, so‘ng u mahalliy prokuraturaga o‘tkazilgan va bu yerda unga rasman qotillik ayblovi qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyul kuni Sindzo Abe 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovi oldida ko‘chada tashviqot tadbirida nutq so‘zlayotgan vaqtida otib ketildi. 41 yoshli yaponiyalik Tetsuya Yamagami qo‘lbola o‘qotar qurol bilan uni ikki marta otib tashladi. Abe qutqaruv vertolyotida shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar unga qon quyishdi va bir necha soat davomida uning hayoti uchun kurashdilar. Sobiq bosh vazir mahalliy vaqt bilan soat 17:03 da vafot etdi, u 67 yoshda edi.
Hujumchi o‘z qilmishini Abening siyosati va xatti-harakati unga yoqmasligi bilan izohlagan, biroq u sobiq Bosh vazirning bevosita siyosiy qarashlariga qarshi hech narsasi yo‘qligini ta’kidlagan. 2002 yildan 2005 yilgacha mamlakatning dengizdagi o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarida xizmat qilgan erkakning uyidan portlovchi moddalar topildi.
LiveBarchasi