Abe vafot etdi 

Olam

image

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe bir necha soat oldin o‘q jarohatlari bilan olib kelingan shifoxonada vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe bugun, 8 iyul kuni Nara shahrida saylovoldi tashviqoti chog‘ida o‘ldirildi. Sobiq Bosh vazir qon ketayotgan va hushini yo‘qotgan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Qo‘lbola miltiqdan bir necha marta o‘q uzgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi. U 41 yoshli mahalliy fuqaro Tetsuya Yamagami – Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlarining sobiq dengizchisi bo‘lib chiqdi. Hozirda politsiya uni so‘roq qilmoqda, sabablari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

958

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing