A seriyada qaroqchilik boshlandi – Elma Aveyru

Sport

image

Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru “Yuventus” va “Udineze” o‘rtasidagi o‘yinda hakamlar tomonidan bekor qilingan golga izoh berdi.

“Agar o‘sha vaziyatda Ronalduning o‘rniga men zarba berganimda, ofsayd qayd etilmasdi. Chunki, doim bir o‘lcham kichikroq futbolka kiyib yuraman. Italiya A seriyasida qaroqchilik boshlandi”, deb yozadi Elma.

Ronaldu “Yuventus” va “Udineze” o‘rtasidagi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida maydonga tushirildi. O‘yin 2:2 hisobida davom etayotgan bir pallada portugaliyalik futbolchi raqib darvozasini ishg‘ol etgandi. Biroq to‘p uzatilayotgan vaziyatda u bir necha millimetr oldinda bo‘lgani uchun VAR golni bekor qildi.

Avvalroq, hujumchi yoz oxirigacha klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Biroq, “Yuventus” hozircha Ronaldu uchun biror klubdan rasmiy taklif olmagan. 

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsumda 29 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar sovrinini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Futbol Krishtianu Ronaldu Udineze El'ma Aveyru

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing